Ktesii Knidlik
Ktesii Knidlik (miloddan avvalgi 5-asr oxiri, Knid shahri — 4-asrning 1-yarmi) —yunon tarixchisi. Gerodot, Gippokrat, Ksenofontlarning zamondoshi. Eron malikasi Parisatida saroyida 17 yil tabiblik qilgan. Kuvake ostovasidagi jang (401)da yaralangan. Artakserks II Mnemonni davolagan. Qolgan umrini ova shahri yoxud Spartada oʻtkazgan. K. "Eron", "Hindiston", "Daryolar haqida", "Togʻlar haqida", "Osiyo atrofidagi dengiz sayohati" nomli asarlar muallifi. Boʻlardan eng muhimi "Eron" —. 23 kitobdan iborat boʻlib, uning dastlabki 6 kitobi Ossuriya va Midiya tarixiga, keyingi 7 kitob Eron tarixiga (Kir II, Kserks I ning oʻlimigacha), krlgan 10 kitob Eronning 398 yilgacha (K. forelar saroyini tark etgunigacha) boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. K.ning bu asarida Oʻrta Osiyoda yashagan qad. xalqlar, ularning urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham bir talay qimmatli maʼlumotlar bor. K. Suzada boʻlgan davridan foydalanib, fors tili, ogʻzaki va yozma manbalari bilan tanishgan. Yunonlarga uzoq Sharq davlatlari, Eron shoxlari va yunon-eron urushlari toʻgʻrisida koʻp maʼlumotlar yetkazgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pyan ko v I.V., Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya, Doʻshanbe, 1975.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |